Nurafshonda texnoparkni 2026-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Nurafshonda 2025-yilning oxiriga kelib, O‘zbekiston va Boshqirdiston (Rossiya) o‘rtasidagi qo‘shma texnopark ishga tushishi kerak, dedi «Chirchiq» kimyo-sanoat parkining direksiyasi rahbari Jahongir Abdurahmonov. Bu haqda TASS agentligi ma’lum qildi.
«Biz Boshqirdiston Taraqqiyot Korporatsiyasidagi hamkasblarimiz bilan ushbu texnoparkning ishlash rejasini tuzib chiqdik, unda biz dastlab asosiy e’tiborni 300 ming kvadrat metr ishlab chiqarish maydonlariga qaratamiz», – dedi Abdurahmonov Xalqaro iqtisodiy forumda.
Shuningdek, u maydonda logistika markazini qurish rejalashtirilayotgani haqida ham ma’lum qildi. Abdurahmonovning ma’lumotlariga ko‘ra, loyiha dastlabki bosqichi 2025-yilning to‘rtinchi choragida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Nurafshonda malaka oshirish instituti qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.