Makron Fransiya hukumatini iste’foga chiqardi

eʼlon qilindi
Barnier yangi hukumat tayinlangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi
Foto: Politico

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Mishel Barne hukumatining iste’foga chiqishi haqidagi iltimosnomani qabul qildi. Yelisey saroyining qisqa bayonotida aytilishicha, Barnier va vazirlar mahkamasining boshqa a’zolari yangi hukumat tayinlangunga qadar oʻz vazifalarini bajarishda davom etadi.

Iste’foga chiqish toʻgʻrisidagi qaror Milliy assambleya Barne kabinetiga ishonchsizlik toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berganidan keyin qabul qilindi. Bunga Davlat budjetining 2025-yilga moʻljallangan ijtimoiy boʻlimlari parlament bilan kelishilmasdan qabul qilingani sabab boʻldi.

Ma’lumot uchun, Barne 5-sentabr kuni bosh vazir etib tayinlandi va uning hukumati mamlakat tarixidagi eng qisqasi boʻlib, bor-yoʻgʻi 90 kun faoliyat yuritdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda Fransiya milliy meros institutining filiali ochilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek