Tailand Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini ma’qulladi
Oʻzbekiston Tailand bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo boʻlish boʻyicha muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Tailand qirollikning tashkilotdagi vakili Pimchanok Pitfield ma’lum qildi.
Pitfield Oʻzbekiston Respublikasining JSTga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi bitim bayonnomasini imzoladi. Uning ta’kidlashicha, tashkilotga a’zolik maqomi respublikaga boshqa davlatlar bilan tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va investitsiyalarni yanada samarali jalb qilish imkonini beradi.
Tailand vakili ikki mamlakatning savdo aloqalarini kengaytirish, qoʻshma gumanitar tashabbuslarni rivojlantirishga intilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Tailand Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishini ma’qullagan 25-davlatga aylandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $54 milliardga yetgani haqida xabar bergan edi.