Oʻzbekiston GSP+ imtiyozli rejimining amal qilish muddatini yana 10 yilga uzaytirish taklifi bilan chiqdi

eʼlon qilindi
So‘nggi yillarda Yevropa Ittifoqiga eksport qariyb uch baravarga oshib, $1,15 milliardga yetgan
Foto: Ale_Mi / depositphotos.com

4–5-dekabr kunlari Bryusselda Yevropa Ittifoqining GSP+ (Generalised Scheme of Preferences) imtiyozlar tizimini amalga oshirish masalalari boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi, xususan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) vakillari qatnashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston delegatsiyasi 2021 yilda GSP+ benefitsiar maqomini olgandan keyin erishilgan natijalar haqida maʼlumot berdi. Soʻnggi yillarda Yevropa Ittifoqiga eksport qariyb uch baravarga oshib, $1,15 milliardga yetgan. 6,2 mingdan ortiq imtiyozli tovar turidan 1,1 mingga yaqin mahsulotlar, jumladan, qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik, elektrotexnika va kimyo mahsulotlari boʻyicha barqaror eksport yoʻlga qoʻyilgan.

Delegatsiya GSP+ doirasida yangi uzilgan mevalar va sabzavotlarni imtiyozli tovarlar roʻyxatiga kiritish va mavsumiy eksport kvotalarini uzaytirishni taklif qildi. Bu oʻzbek mahsulotlarining Yevropa bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, GSP+ rejimining amal qilish muddatini yana 10 yilga uzaytirish haqida taklif berildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan YI Oʻzbekistonga bojsiz savdo uchun GSP+ maqomini bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek