2024-yilda 50 yoshdan oshganlar orasida qancha nikoh qayd etildi
eʼlon qilindi
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra
2024-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonda 50 yosh va undan oshgan 4 153 erkak va 1 161 ayol turmush qurdi. Ushbu ma’lumot Statistika agentligining hisobotida keltirilgan.
Umuman olganda, 2024-yilning dastlabki o‘n oyida FHDYO organlari tomonidan 215 ming nikoh qayd etilgan. Bu esa 2023-yildagi 223,2 mingta nikohga nisbatan 3,67 foizga kamayganini ko‘rsatadi.
Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda ajralishlar soni ortib, nikohlar soni kamayishi haqida yozgan edi.