Kursiv namunali xotin-qizlarga «Tenglar orasida birinchi» mukofotini topshirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

10-dekabr, seshanba kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Kursiv Uzbekistan nashri «Tenglar orasida birinchi» mukofotini topshirish marosimini tashkil etdi. Ushbu mukofot yetakchi, tadbirkorlar, faol xotin-qizlarning xizmatlarini e’tirof etdi, shuningdek, Markaziy Osiyoda xotin-qizlar yetakchiligini qo‘llab-quvvatlayotgan loyiha va tashkilotlar uchun taqdim etildi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Xotin-qizlar yetakchiligi nima?

Kursiv Uzbekistan bosh muharriri Anastasiya Novikova o‘z nutqida ayol yetakchiligining ahamiyati haqida gapirdi. U o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidladi: «Haqiqiy yetakchilik bu — hokimiyat uchun kurash emas. Bu odamlarni ilhomlantirish, yaxshi muhit yaratish va oqilona qarorlar qabul qilishdir. Ayollar yetakchiligi g‘oyalari jamiyat, iqtisodiyot, fan va san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Biz bu yo‘nalishda birlashishimiz kerak».

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Mukofot sovrindorlari

OAV yo‘nalishi: Nodira Saidkarimova (Bir Kun Podcast).

Biznes: Dildora Atajanova (Teodora Goods, Dalatek Plus, Dalatech System).

Ishlab chiqarish: Lola Gribova (AKFA EXTRUSIONS).

ICT: Rano Sodiqova (Plug and Play Uzbekistan).

Qishloq xo‘jaligi: Zahro Ahmedova (Mikrobiologiya instituti).

Moliya: Ozoda Umarova (Click).

Qurilish: Tahmina Turdialiyeva (Yosh arxitektorlar assotsiatsiyasi).

Fan: Sohiba Boyboboyeva (Yadro fizikasi instituti).

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Eng yaxshi loyihalar

Bu yil mukofot ayol yetakchilarni ham, ularning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi loyihalarni ham taqdirladi.

Nodira Vahidova Tadbirkor Ayol uyushmasi yordamida ayollarni biznesga jalb qilish borasidagi ishlari uchun e’tirof etildi. Narigis Dustmatova esa Women Entrepreneurs Fintech xalqaro loyihasidagi hissasi uchun mukofotlandi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Eng yaxshi korporativ loyihalar sifatida Nodira Shermatova rahbarlik qilayotgan Payme/TBC va Nargiza Rahmonova boshchiligidagi «Sogdiana» Yoshlar va ayollar markazi ajralib turdi. Ular xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yaxshi loyihalar sifatida tan olindi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar

Bosh mukofot sohiblari orasida Women in Tech Uzbekistandan Anna Ambrozevich, Women in Business CAdan Nasiba Mannopova, Ipoteka-bank OTP Group, shuningdek, Anhor.uz nashridan Dana Oparina joy oldi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

Bu mukofot ayollarni yangi yutuqlarga ilhomlantirish maqsadida tashkil qilinadi. Bu yil tanlovga 50 dan ortiq arizalar topshirilib, ayollarning iqtisodiyot, fan va san’at sohalaridagi faol ishtiroki oshib borayotganini ko‘rsatdi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan

«Tenglar orasidagi birinchi» mukofotining homiylari sifatida Osiyo taraqqiyot banki, Coca-Cola va Huawei ishtirok etdi.

Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Foto: Roman Fedotov / Kursiv Uzbekistan
Shuningdek