O‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari sport turizmi bilan tanishtiriladi

eʼlon qilindi
Tashabbusni mamlakatning tog‘li hududlarida joriy etish taklif etildi
Foto: asiaplustj.info

O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi maktablarda sport turizmi bo‘yicha bo‘limlar ochilishi mumkin. Bu tashabbus Ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasi tomonidan ilgari surildi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Bu taklif 11-dekabr kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan «O‘zbekistonda faol va sport turizmi: holati, muammolari, istiqbollari» mavzusidagi davra suhbatida bildirildi.

Unda 60 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida Sport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari va boshqa idoralar vakillarini ko‘rish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida voleybol, basketbol, ​​gandbol, regbi, xokkey va suv polosi seksiyalari tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek