BMT Oʻzbekistonga yadroviy kontrabandaga qarshi kurashda yordam beradi

eʼlon qilindi
Корреспондент
Bmt
Shuningdek, Qozog‘iston ham
Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi

BMT Oʻzbekiston va Qozogʻistonda radioaktiv va yadroviy materiallarning noqonuniy aylanishining oldini olish dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi ma’lum qildi.

Dasturning maqsadi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning radioaktiv moddalar kontrabandasiga qarshi kurashish salohiyatini oshirishdir. Tegishli idoralarning ehtiyojlarini tahlil qilish, instruktorlar tayyorlash va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Dastur ikki yil davomida amal qiladi. Uni Norvegiya radiatsiya xavfsizligi agentligi (DSA) moliyalashtiradi. Oʻzbekistonda dastur koordinatori etib Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi tayinlandi.

Loyihani muhokama qilishga bagʻishlangan birinchi uchrashuv 2-3-dekabr kunlari Turinda boʻlib oʻtdi. Tadbirda dasturning Oʻzbekistondagi milliy koordinatori Otabek Qosimov respublikada radiatsiyaviy vaziyatni monitoring qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzax viloyatidagi kichik AES qurilish maydonida tayyorgarlik ishlari boshlangani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek