Timur Ishmetov O‘zbekiston Markaziy bankining yangi raisi etib tayinlanishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Ishmetov bu lavozimga tayinlangunga qadar ham markaziy bank tizimida ishlagan
Foto: Xalqaro press klub

Timur Ishmetov O‘zbekiston Markaziy bankining yangi raisi etib tayinlanishi kutilmoqda. Prezidentning taklifi yana Senat tomonidan ma’qullanishi kerak.

Ishmetov bu lavozimga tayinlangunga qadar ham Markaziy bank tizimida ishlagan, xususan, raisning birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

Shuningdek,u 2019–2022-yillarda moliya vaziri sifatida faoliyat koʻrsatgan va hozirda prezident maslahatchisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Timur Aminjanovich Ishmetov 1979-yilda tug‘ilgan. Bakalavriatni Toshkent moliya institutining moliya-kredit fakultetida, magistraturani esa Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishida tamomlagan. Shuningdek, u Toshkent davlat yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmatov lavozimidan ozod etilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek