UzAuto Motors Chevrolet Cobalt uchun 22 mingta shartnoma tuzdi
Savdo.uzavtosanoat.uz platformasi orqali Chevrolet Cobalt Gx-Style At Plus va Gx-Midnight AT avtomobillari uchun 22 mingta shartnoma tuzildi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tuzilgan shartnomalardan 21933 tasi One ID tizimida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxslarga, 70 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga toʻgʻri keladi.
Jami 6,6 ming dona Chevrolet Cobalt Gx-Style At Plus va 15,5 ming dona Chevrolet Cobalt Gx-Midnight AT avtomobili realizatsiya qilindi.
Eslatib oʻtamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors toʻlovi kechiktirilgan Cobalt avtomobillarini qayta kontraktatsiyaga qoʻygani haqida xabar bergan edi.