Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda
Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonunchilikda ommaviy tartibsizliklarni tashkil etish, ularda faol ishtirok etish va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga chaqiriqlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Lekin aynan ommaviy tartibsizliklarni sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtish yoki ularni moliyalashtirish boʻyicha aniq javobgarlik mavjud emas edi.
Jinoyat kodeksining 244-moddasiga oʻzgartish kiritish orqali ommaviy tartibsizliklarni sodir etish uchun maxsus oʻquvdan oʻtganlik hamda bunday faoliyatni moliyalashtirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi koʻzda tutilgan.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlat deb topilgani haqida xabar bergan edi.