Ilon Mask $400 milliarddan ortiq boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi odam bo‘ldi
eʼlon qilindi
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask boyligi $400 milliarddan oshgan birinchi shaxs sifatida tarixga kirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Agentlik ma’lumotiga koʻra, Maskning boyligi keskin oshganiga sabab SpaceX kompaniyasi aksiyalarini ichki ma’lumot asosida sotish boʻlgan (insayder savdosi). Ushbu bitimdan soʻng uning kapitali $50 milliardga oshgan.
Bloomberg Billionaires Index ma’lumotlariga ko‘ra, Ilon Maskning umumiy boyligi $439,2 milliardni tashkil etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan $ 348 milliard boyligi bilan Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yetakchilik qilgani haqida yozgan edi.