O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorida narx-navo qanday
2024-yilning noyabr oyida O‘zbekistonning ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar pasayishda davom etdi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlil olib bordi.
Unga ko‘ra, mahalliy ommabop avtomobillar, masalan, Onix, Lacetti va Nexia narxlari pasaygan. Onix avtomobilining o‘rtacha foydalanilgan narxi 4,8%ga, ya’ni $14,6 mingdan $13,9 mingga, Lacetti $14,7 mingdan $14,5 mingga va Nexia’da esa $11,5 mingdan $11,4 minggacha arzonlashgan.
Damas avtomobilining o‘rtacha foydalanilgan narxi 0.9%ga ($8,2 mingdan $8,1 mingga) pasaygan, ko‘p foydalanilgan modeli esa 1%ga ($7,6 mingdan $7,5 mingga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar, masalan, Malibu ($30,1 mingdan $31 mingga) va Equinox ($27 mingdan $26,5 mingga) narxlari ham o‘zgargan. Elektromobillar, xususan BYD Han va Yuan Up modellari ($36,5 mingdan $35,9 mingga) ham pasaygan, ammo yangi BYD E2 narxi ko‘tarilgan, $16,7 mingdan $17,2 mingga.
Xorijiy lyuks avtomobillari, masalan, o‘rtacha foydalanilgan Hyundai Elantra $22 mingdan $21,6 mingga va Kia Sportage ham $31,5 ming dan $31 mingga tushgan. Elantra’ning o‘rtacha foydalanilgan narxi 1,6%ga, Kia Sportage’ning narxi esa 1,5%ga pasaygan.
Tahlil natijalari 2020-2024-yillar orasida ishlab chiqarilgan avtomobillar narxlarining pasayishi, ayniqsa ommabop va elektromobillar bozorida sezilarli bo‘lishini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kia Xitoyda avtomobillar narxini pasaytirdi, chegirmalar esa $12 mingga yetgani haqida yozgan edik.