Tramp Si Szinpinni inauguratsiyaga taklif qildi
eʼlon qilindi
Tadbir 2025-yil 20-yanvarga belgilangan
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpinni inauguratsiya marosimiga taklif qildi, deb xabar berdi Amerikaning CBS telekanali.
Tadbir 2025-yil 20-yanvarga rejalashtirilgan. Unda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban ham ishtirok etishi mumkin.
AQSH Davlat departamenti maʼlumotlariga koʻra, davlat rahbarlari 1874-yildan beri Amerika prezidentlarining inauguratsiya marosimida qatnashmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Donald Tramp kurdlarning xalq himoyasi bo‘linmalari (YPG) rahbari Mazlum Kobanini inauguratsiyaga taklif qilgani haqida yozgan edi.