Oʻzbekistonda 2025-yilda darsliklar ijarasi bepul boʻladi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

eʼlon qilindi
2025-yilda oʻquvchilarni darslik va mashq daftarlari bilan taʼminlash uchun 1,3 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan
Foto: AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi

Oʻzbekistonda 2025–2026-oʻquv yilida 2–11-sinflar uchun darsliklar ijarasida ota-onalardan toʻlov undirish rejalashtirilmagan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

Vazirlikning maʼlum qilishicha, 2025-yilda oʻquvchilarni darslik va mashq daftarlari bilan taʼminlash uchun 1,3 trillion soʻm ajratilishi koʻzda tutilgan.

«2025-yil uchun davlat budjeti doirasida koʻzda tutilgan mablagʻlar yangi oʻquv yilida oʻquvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlash boʻyicha ehtiyojni toʻliq qoplash imkonini beradi. Bunda, ota-onalardan darsliklar va mashq daftarlari ijarasi uchun qoʻshimcha toʻlov undirish rejalashtirilmagan», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan darsliklar ijarasi uchun toʻlovlarni tiklash rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek