Oʻzbekiston MDH doirasidagi erkin savdo samaradorligini kuchaytirish tarafdori – Abdulla Aripov

eʼlon qilindi
Respublika xizmatlar va investitsiya faoliyati bo‘yicha erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishni yakunlamoqda
Foto: pakornmay@gmail.com / Depositphotos

Oʻzbekiston MDH erkin savdo zonasi samaradorligini oshirish tarafdori. Bu haqda Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Hamdoʻstlik hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu maqsadga erishish uchun Hamdoʻstlik mamlakatlarining oʻzaro hamkorligini istisno va cheklovlarsiz kuchaytirish zarur.

Aripovning qoʻshimcha qilishicha, Toshkent savdoni yanada liberallashtirish va MDH bilan kooperatsiyani kuchaytirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Hamdoʻstlik davlatlari bilan erkin savdoga oʻtish uchun Oʻzbekiston import va mahalliy mahsulotlarga aksiz soligʻini unifikatsiya qilish tartib-taomillarini yakunlaydi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston xizmatlar va investitsiya faoliyati boʻyicha erkin savdo toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilishni yakunlamoqda.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston MDH mamlakatlari uchun yagona avtomobil call-markazini ishga tushirishni taklif qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek