Si Szinpin Trampning inauguratsiya marosimida qatnashmaydi
Xitoy rahbari Si Szinpin AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida ishtirok etishdan bosh tortdi, deb xabar berdi Amerikaning CBS telekanali.
Tadbirda Xitoyning AQShdagi elchisi va uning rafiqasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Taklif xitoylik siyosatchilarni hayratda qoldirdi. Chunki Pekin davlatlar o‘rtasidagi diplomatik hamkorlik protokoliga qat’iy amal qilishga odatlangan.
Eslatib o‘tamiz, Trampning inauguratsiya marosimi 2025-yilning 20-yanvariga belgilangan.
Oq uyning yangi rahbari tadbirga Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, kurdlarning xalq himoyasi bo‘linmalari (YPG) rahbari Mazlum Kobaniy va boshqa siyosatchilarni taklif qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Tramp Time talqiniga ko‘ra ikkinchi marta «Yil odami» bo‘lgani haqida yozgan edi.