Oʻzbekiston ogʻir atletika terma jamoasi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy oldi

16-dekabr 2024 12:58 eʼlon qilindi

(16-dekabr 2024 13:31 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: MOQ

Bahraynning Manama shahrida boʻlib oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi. Musobaqada 92 mamlakatdan 500 ga yaqin sportchilar ishtirok etdi.

Unga koʻra, musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi uchta oltin, bitta kumush va ikkita bronza medaliga sazovor boʻldi.

Oltin medal:

• 109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab koʻtarish, jahon rekordi);

• 109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash);

• 109 kg: Sharofiddin Amriddinov (dast koʻtarish).

Kumush medal:

• 81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast koʻtarish).

Bronza medal:

• 81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash);

• 89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (dast koʻtarish).

Avvalroq Kursiv Uzbekistan jahon rekordini yangilagan Ruslan Nurudinov uchinchi chempionlikni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek