Jahon banki O‘zbekistonning Yevropaga yashil energiya eksportini qo‘llab-quvvatlashga tayyor
Jahon banki (JB) O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjondan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yashil energiya eksportini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Trend.az nashri moliya institutining Markaziy Osiyodagi loyihalari koordinatori Dmitriy Petringa tayanib, xabar berdi.
«Biz butun Markaziy Osiyo boʻylab loyihalarda, jumladan, mintaqaviy energiya savdo bozorini yaratishda faol ishtirok etmoqdamiz», – deya qoʻshimcha qildi Petrin.
Petrinning ta’kidlashicha, Jahon banki ishtirokchi davlatlardan rasmiy soʻrovlar kelib tushsa, Yevropaga elektr energiyasi eksporti loyihasini iqtisodiy baholashga tayyor.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2030-yilga borib O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.