Mahalla bankirlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida mahalla bankirlari tizimini joriy etish taklifi ma’qullandi.
Mahalla bankirlari mahalladagi biznes imkoniyatlarini o‘rganib, aholi bilan muloqot qiladi, ularning g‘oyalarini loyihalarga aylantiradi, aholiga kredit olish, biznesni boshqarish va mahsulotni sotishni o‘rgatadi. Shuningdek, loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.
«Umuman, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat butun dunyoda milliy iqtisodiyotlarga ta’sirini oʻtkazayotgani qayd etildi. Bunday sharoitda mamlakatimiz moliya-bank tizimining barcha darajalarida moliyaviy intizom va shaxsiy mas’uliyatni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonga mikromoliyaviy banklar nima uchun kerakligi haqida yozgan edi.