Apple ingichka va buklanadigan smartfonlar ishlab chiqarmoqchi
Apple kompaniyasi yangi buklanadigan va ingichka smartfonlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Wall Street Journal xalqaro nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, texnogigantning smartfon dizaynini o‘zgartirishga bo‘lgan bunday qadam, so‘nggi paytlarda o‘sishi sust bo‘lgan savdolarni oshirishga yordam beradi.
Kelgusi yilda Apple o‘lchami sakkiz millimetrgacha bo‘lgan iPhone’ni taqdim etishi kutilmoqda.
Shuningdek, buklanadigan qurilmalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Bunday qurilmalardan biri foydalanuvchilarga smartfonni katta ekrani yordamida noutbuk sifatida ishlatish imkonini beradi.
Ikkinchi model kichikroq o‘lchamda bo‘ladi. WSJ ta’kidlashicha, Apple bir necha yil davomida buklanadigan bo‘g‘inni yaxshilash ustida ishlamoqda.
«Garchi bu yangilanishlar (ko‘plab raqobatchilar allaqachon buklanadigan qurilmalar ishlab chiqarayotgan bir paytda) jiddiy inqilob bo‘lmasa-da, ular kompaniyaning so‘nggi yillarda qilgan o‘zgarishlaridan ancha katta va funksiyaviy farq qiladi», – deb yozadi nashr.
Boshqa bir analitik Kliff Maldonado esa, hozirgi iPhone 16 oxirgi jozibali dizaynli telefonlar bo‘lishini umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgi yilda buklanadigan smartfonlar bozorning faqat 1,5% ini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple 2024-yilning eng sara mobil oʻyinlari va ilovalarini e’lon qilgan edi.