2025-yilda 1,5 million aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi

eʼlon qilindi
Banklar bunda muhim rol o‘ynaydi
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida banklar ishtirokida aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi yillarda banklar mahallalarda faoliyat yuritib, aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdi. Misol uchun, Namangan viloyatining Uychi tumanida banklar 3 mingdan ortiq faol mijozlar bilan ishlab, 9 ming odamni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Shu bilan birga, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ham aholi uchun daromadli loyihalar amalga oshirilgan, natijada minglab odamlar ish bilan ta’minlangan va kambag‘allik darajasi pasaygan.

O‘tgan yillarda banklar tomonidan taqdim etilgan moliyaviy yordamlar orqali 750 mingdan ortiq oilaviy tadbirkorlik kreditlari berildi va 58 ming yangi korxona tashkil etildi. 2025-yilga kelib 1,5 mln aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi kutilmoqda.

Banklar, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun shartsiz kreditlar taqdim etadi. Davlat banklari va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik orqali startap loyihalariga sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, og‘ir iqtisodiy sharoitda bo‘lgan hududlarga yordam ko‘rsatish va tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish zarurati ta’kidlandi. Yig‘ilishda, shuningdek, banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va tashqi sarmoyalarni jalb qilish muhimligi aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident energetika loyihalarini ishga tushirgan edi.

Shuningdek