Ozarbayjonlik tadbirkor Chorvoqda Sea Breeze Uzbekistan sayyohlik markazini qurishni rejalashtirmoqda
Ozarbayjonlik tadbirkor va xonanda Emin Agalarov hamda xorijiy investorlar Chorvoq suv ombori qirgʻogʻida Sea Breeze Uzbekistan sayyohlik markazini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, Agalarov 16-dekabr, dushanba kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga loyihani taqdim etdi.
Turistik majmua tarkibiga turistik zonalar, plyajlar, savdo maydonchalari va boshqa dam olish maskanlari kiradi, ular yil davomida xizmat koʻrsatadi.
Mirziyoyev loyihani qoʻllab-quvvatlab, markazni jahon tajribasi asosida bosqichma-bosqich qurish muhimligini ta’kidladi. Prezident hukumatga majmua qurilishining huquqiy asoslarini ishlab chiqish topshirigʻini berdi.
Emin Agalarov 1979-yil 12-dekabrda tugʻilgan. U Emin taxallusi bilan ham tanilgan. 2023-yilda Agalarov Development koʻp tarmoqli kompaniyasiga asos solgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkent viloyatida «aqlli shahar» qurilishi rejalashtirilayotgani haqida yozgan edi.