T-Mobile va Starlink fazo aloqa tizimini sinovdan o‘tkazmoqda
T-Mobile va Starlink yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri fazo aloqa tizimi bo‘yicha betaprogrammasini boshladi. Bu haqda Ilon Mask o‘z X sahifasida e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu tizim AQSh hududidagi 1,3 mln kvadrat kilometr maydonni qamrab olib, an’anaviy uyali aloqa tarmoqlari yetarli bo‘lmagan «o‘lik zonalar»ni aloqa bilan ta’minlashni maqsad qilgan.
T-Mobile mijozlari, shu jumladan, korxonalar va tezkor xizmatlar tizimni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etishlari mumkin. Dastlab tizim faqat matnli xabarlar uchun ishlaydi, ammo kelajakda ovozli va ma’lumotlar xizmatlari ham qo‘shiladi.
Starlink va T-Mobile’ning birgalikdagi loyihasi orqali foydalanuvchilar telefonlarini maxsus sozlashlarsiz, oddiy tarzda xabar yuborib, qabul qilishlari mumkin. Bu yangi tizim fazo aloqa xizmatlarini an’anaviy uyali tarmoq bilan muvaffaqiyatli integratsiya qilish imkonini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask $400 milliarddan ortiq boylikka ega bo‘lgan tarixdagi birinchi odam bo‘lgani haqida yozgan edik.