Toshkent metropolitenining millioninchi yo‘lovchisi metroda bepul yurish imkoniyatiga ega bo‘ldi

eʼlon qilindi
Bir yil davomida
Foto: DUP «Toshkent metropoliteni»

Toshkent metropoliteni ilk bor bir kunda million aholiga xizmat ko‘rsatdi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, yubiley sonli yo‘lovchisi Kozim Sohibov bir yil muddatga poytaxt metrosida bepul harakatlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ma’muriyat tomonidan unga esdalik sovg‘alari ham topshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yil oxirigacha Toshkent metrosida 26 ta yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek