Eko-faol Aleksandra Zaslavskayaning hibsga olinishi haqida nimalar ma’lum

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Unga nisbatan firibgarlik ishi qo‘zg‘atilishi mumkin
Aleksandra Zaslavskaya. Foto: Anastasiya Pavlenkoning Facebook sahifasi

Jomboy tumani huquq-tartibot idoralari xodimlari Zarafshon milliy tabiat bog‘ida ekolog va tadqiqotchi Aleksandra Zaslavskayani qo‘lga oldi. Bu haqida «Samarkandskiy Vestnik» gazetasi bosh muharriri Anastasiya Pavlenko xabar berdi.

Pavlenkoning so‘zlariga ko‘ra, eko-faolga nisbatan firibgarlik moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilishi mumkin.

Ayblovga Zaslavskayaning Zarafshon bog‘idagi reabilitatsiya markazi uchun xayriya mablag‘larini yig‘gani sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, pul mahalliy ekologiya boshqarmasi tomonidan o’tkazilgan. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, Zaslavskaya vaqtincha ozod qilindi.

Kursiv Uzbekistan muxbiri Jomboy tumani IIB bilan bog‘landi, huquq-tartibot idorasi xodimi viloyat IIB matbuot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishni maslahat berdi. Biroq Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati qo‘ng‘iroqqa javob bermadi. Kursiv Uzbekistan hodisa rivojini kuzatmoqda.

Bundan tashqari, Kursiv muxbiri sodir bo’lgan voqea haqida qo’shimcha ma’lumot olish uchun Zaslavskaya bilan Facebook orqali bog’landi.

Nashr bilan suhbatda u o‘z mansab mavqeyidan foydalangan holda firibgarlikda ayblanganini aytdi.

Zaslavskayaning qo‘shimcha qilishicha, u qo‘yilgan ayblovlarni milliy bog‘ ma’muriyatining uni ishdan ketishga majburlash istagi bilan bog‘laydi.

«Ish haqini to‘lashda muammolarimiz bor, buxgalter va direktorga bir necha bor murojaat qildik, ammo natija bo‘lmadi. 2023-yilda farmon bo‘lgan bo‘lsa-da, barchamizga eng kam ish haqi stavkasi bo‘yicha maosh to‘lanadi», – dedi u.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Buxoroda kiberxavfsizlik xodimlari 17 yoshli maktab o‘quvchisini 34 milliard so‘mlik (taxminan $2,6 million) kriptoaktivlarning noqonuniy aylanmasida ishtirok etganlikda gumonlab qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Shuningdek