Streetpark Systems kompaniyasi Toshkentda pullik avtoturargohlarni tashkil etish bilan shugʻullanadi
eʼlon qilindi
Avvalgi auksion g‘olibi bilan bitim tuzilmagan
17-dekabr kuni Toshkent shahrida pullik avtoturargohlarni tashkil etish huquqi uchun takroriy auksion yakunlandi. E-auksion platformasi maʼlumotlariga koʻra, Streetpark Systems kompaniyasi gʻolib boʻldi.
Savdolar 20 daqiqadan koʻproq davom etdi. Kompaniya lot uchun 62,9 mlrd soʻm taklif qildi, bu boshlangʻich narxdan 10 foizga koʻp.
Noyabr oyi oxirida avvalgi kimoshdi savdosida Balcomuz qoʻshma korxonasi gʻolib chiqqan edi, lekin bitim rasmiylashtirilmagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan butun shahar boʻylab ijaraga olingan avtoturargohlarning umumiy maydoni 262,8 ming kvadrat metrni tashkil etishi haqida yozgan edi.