O‘zbekiston va Afg‘oniston elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi. Bu haqda DABS kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) kompaniyasi va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2025-yilga mo‘ljallangan energiya yetkazib berish bo‘yicha bitimni tasdiqladilar. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi energetika hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2024-yilning yanvaridan oktyabrigacha O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti $81,7 mlnga yetib, o‘sish sur’ati 62,4%ni tashkil etgan. May oyida Afg‘oniston hukumati O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish uchun $86,9 mln to‘lagan. Bu kelishuv energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchisi Tolibonga ishonch yorliqlarini topshirgani haqida yozgan edik.