Farmatsevtika sohasiga $400 mln investitsiya jalb qilinadi

eʼlon qilindi
Dori vositalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va ikki baravar oshirish uchun
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev «Tashkent Pharma Park» innovatsion klasterida farmatsevtika sohasidagi korxonalar rahbarlari bilan muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, muloqot davomida, sohani rivojlantirish uchun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi. So’nggi yetti yilda farmatsevtikada ishlab chiqarish ikki baravar oshdi, eksport 11 barobar ko‘paydi va $750 mln investitsiya o‘zlashtirildi.

Prezident, shuningdek, mahalliy dorilarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va eksportni kengaytirish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surdi. 2025-yilda 200 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni ikki baravar oshirish uchun dastur tayyorlash topshirildi. Yangi jamg‘arma tashkil etilib, innovatsion loyihalarga $400 mln miqdorida xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, farmatsevtika sohasini rivojlantirish uchun Asaka bankka 100 million dollar miqdorida kredit liniyasi ochildi. Innovatsion ishlanmalar uchun 20 mlrd so‘m grant ajratilishi va startap loyihalarini moliyalashtirish uchun $10 mlnlik venchur kompaniya tashkil etilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda 1,5 million aholi yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanishi haqida yozgan edik.

Shuningdek