Jizzax viloyati hokimi o‘zgardi

eʼlon qilindi
Ergash Saliyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
Foto: Hududiy elektr tarmoqlar

«Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulugʻbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

U Ergash Saliyev o‘rniga tayinlandi. Ulugʻbek Mustafoyev 2010 – 2016 yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ergash Saliyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek