«Real Madrid» qit’alararo kubogida chempion bo‘ldi
eʼlon qilindi
Musobaqa 20-yil ichida birinchi marta o‘tkazildi
Ispaniyaning «Real Madrid» klubi Meksikaning «Pachuka» jamoasini mag‘lub etib, qit’alararo kubogini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.
Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlanib, gollarga Kilian Mbappe, Rodrigo Goes va Vinisius Junior mualliflar qildi.
Shu tariqa Madrid klubi o‘z tarixida 4-bor ushbu turnir g‘olibiga aylanib, 3 martadan zafar quchgan «Milan», «Penyarol», «Boka Xuniors» va «Nasional Montevideo»ni ortda qoldirgan holda mutlaq rekordchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, qit’alararo kubok 1960-yildan 2004-yilgacha o‘tkazilgan bo‘lib, 2024-yildan qayta tiklandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ispaniyaning «Real Madrid» futbol klubining sof foydasi 4 million yevroga oshib, 16 million yevroni tashkil qilgani haqida yozgan edi.