O‘zbekistonga sayyohlar oqimi yil davomida 18,8 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Bu ko‘rsatkich 7,3 millionga yetdi
Foto: Unsplash

Joriy yilning 11-oyi davomida O‘zbekistonga 7,3 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning shu davriga nisbatan mamlakatga sayyohlar oqimi 18,8 foizga oshgan. O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari tashrif buyurgan – 2,1 mln kishi. Uchinchi o‘rindan 1,4 mln nafar kishi bilan Qozog‘iston joy oldi.

Shuningdek, uzoq xorij davlatlari orasida O‘zbekistonga Turkiyadan 108 ming, Hindistondan 63,4 ming va Janubiy Koreyadan 39,1 ming kishi tashrif buyurgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda noqonuniy gidlarga qarshi kurashish taklif qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek