O‘zbekistonning Kiprdagi birinchi elchisi tayinlandi

eʼlon qilindi
U 2023-yil oktabr oyidan O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi
Foto: «Dunyo» AA

Abat Fayzullayev O‘zbekistonning Kiprdagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Rim shahrida joylashgan) Kipr Respublikasi prezidenti Nikos Xristodulidisga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Kipr Respublikasi prezidenti Nikos Xristodulidis O‘zbekiston bilan munosabatlar istiqbolini yuqori baholab, ikki tomonlama va Yevropa Ittifoqi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Kipr o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1997-yil 30-mayda o‘rnatilgan.

Abat Fayzullayev Kiprga tayinlangan O‘zbekistonning birinchi elchisi bo‘ldi. U 2023-yil oktabr oyidan O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi ham hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangi Zelandiyaning O‘zbekistondagi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek