IIV 17-yoshli buxorolik yigitning 34 mlrd soʻm «daromadi» bilan bogʻliq holatga izoh berdi

eʼlon qilindi
U «virtual valyutchik»lik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan
Foto: Grey82 / Depositphotos.com

Ijtimoiy tarmoqlarda buxorolik 17-yoshli yigitning kriptovalyutani katta miqdorda ishlab topgani uchun javobgarlikka tortilgani muhokama qilinmoqda. Holat yuzasidan IIV rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda Telegramdagi yopiq kanallarda kriptovalyuta savdosi keng tarqalgan. Bunday guruhlarda «sotuvchi» va «xaridor»lar uchrashib, elektron pullarni kriptovalyutaga yoki aksincha almashtirish orqali vositachilik faoliyati amalga oshiriladi.

«Aslida esa bu faollar ta’kidlagan “iqtidor» egasi oddiy «virtual valyutchik»lik faoliyati bilan shugʻullanib kelgan”, – deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga koʻra, u yetti oy davomida Binance platformasida 34 milliard soʻmlik ($2,6 mln) shubhali operatsiyalarni amalga oshirib, vositachilik haqi olgan. Uning aylantirgan mablagʻlari, asosan, firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilgan pullarni izini yoʻqotishga qaratilgan boʻlishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda kriptoaktivlarning noqonuniy savdosi bilan shugʻullangan shaxs besh sutkaga qamalgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek