AQShdan chiqarib yuborilgan o‘zbeklar soni 6,5 baravar oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2024-yil hisobida
Foto: Unsplash

2024-yilda AQSh hukumati 572 o‘zbekni deportatsiya qilgan, bu o‘tgan yildagiga nisbatan 6,5 baravar ko‘p. Bu haqda Amerika immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) hisobotida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 2022 va 2021-yillarda deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni mos ravishda 21 va 55 kishini tashkil qilgan.

2023-yilda AQSh hukumati 17 ming o‘zbekning noqonuniy ravishda mamlakatga kirganini xabar qilgan. Umumiy hisobda AQShga 50 ming markaziy osiyolik kirgan.

Vashingtonda markaziy osiyolik ayrim noqonuniy migrantlar terroristik kayfiyatdagi guruhlarning a’zolari bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Senati hukumatni vaqtinchalik moliyalashtirishni tasdiqlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek