O‘zbekiston tovarlar va xizmatlar eksportini 4,4% ga oshirdi
2024-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga $24,2 mlrd miqdorida tovarlar va xizmatlar eksport qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 4,4% o‘sish hisoblanadi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ushbu davrda import hajmi $35,1 mlrd.ni tashkil etgan bo‘lib, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 3% ko‘proqdir.
Umumiy tovar ayirboshlash hajmi $59,3 mlrd oshgan. Yillik o‘sish 3,6% ni tashkil qilgan. O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Osiyo va Yevropa mamlakatlari bo‘lib, eksport hajmi mos ravishda $27,3 mlrd va $25,2 mlrd.ni tashkil etgan.
Shimoliy Amerika davlatlari bilan savdo hajmi $1 mlrd.ni, Janubiy Amerika bilan esa $492,7 mln.ni tashkil etgan. Afrika va Avstraliya bilan savdo hajmi esa mos ravishda $85,4 mln va $3,6 mln.ni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki O‘zbekistonning Yevropaga yashil energiya eksportini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi haqida xabar bergan edik.