Moskvaning «Spartak» klubi Toshkentda Minskning «Dinamo» jamoasini mag‘lub etdi

22-dekabr 2024 23:20 eʼlon qilindi

(23-dekabr 2024 00:54 yangilandi)
Temur Djanzakov

Temur Djanzakov

Muxbir t.jonizoqov@kursiv.media
Zohid Qurbonov

Zohid Qurbonov

Muxbir z.qurbonov@kursiv.media
Foto: Kursiv Uzbekistan

Moskvaning «Spartak» xokkey klubi Minskning «Dinamo» jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etdi, deb xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri. Uchrashuv «Humo Arena»da 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Jamoalar asosiy vaqtni 2:2 hisobida durang bilan yakunladi. Qo‘shimcha vaqtda «Dinamo» darvozasiga hal qiluvchi golni «Spartak»lik Adam Rujichka kiritdi.

Toshkentdagi «Dinamo» – «Spartak» uchrashuviga 9,4 ming tomoshabin tashrif buyurdi va bu KHL Jahon o‘yinlari doirasidagi o‘yinlarga tashrif buyurish bo‘yicha yangi rekordga aylandi.

22 dekabr holatiga ko‘ra, «Dinamo» KHL G‘arbiy konferentsiyasida ettinchi o‘rinni egallab turibdi. «Spartak» Ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri O‘zbekistonda xokkey klublari soliq imtiyozlari bilan qo‘llab-quvvatlanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek