Ko‘chmas mulk ijarasi va oldi-sotdisida yangi tartiblar joriy etildi

eʼlon qilindi
Hokimlar tadbirkorlar bilan doimiy aloqa tizimi yaratadi
Foto: Pexels.com

2025-yil 1-martdan boshlab, mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlari yangi tartibda ijaraga berilishi va sotilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hududi 10 ming kvadrat metrga teng bo‘lgan va baholangan, qiymati 5 ming BHMdan oshmagan obyektlar, tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 10-yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda tadbirkorlar yangi loyihalarni ishga tushirishi va ish o‘rinlari yaratishi shart.

Shuningdek, davlat mulki uchun 4 yil davomida uzluksiz ijara to‘lovlarini amalga oshirgan va shartlarni bajargan tadbirkorga xususiylashtirish yoki sotish imkoniyati taqdim etiladi. Xalqaro tan olingan xorijiy til va malaka sertifikatlarini olishga o‘qitadigan mutaxassislar yoki tashkilotlarga esa dastlabki bir yil ijara to‘lovi undirilmasdan 5-yilga ijaraga beriladi, keyinchalik muddat uzaytiriladi.

Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan tuman va shahar hokimliklariga bir qator ma’muriy vakolatlar beriladi. Tadbirkorlar bilan doimiy aloqa tizimi yaratish, mahalliy davlat organlarining rahbarlarini tayinlash va huquqiy eksperimentlar o‘tkazish orqali hokimlik faoliyati yangicha yondashuvda tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xadicha Sulaymonova nomidagi Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati bo‘limi tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek