Tramp AQShda faqat ikki jinsni tan olinishini va‘da qildi – erkak va ayol
Amerikadagi gender siyosatini o‘zgartirishni va‘da qildi Donald Tramp. U o‘zining prezidentlikka kirishganidan keyin birinchi yoki ikkinchi kunning o‘zidayoq ushbu masalani davlat darajasida tasdiqlashini aytdi.
«Tramp ma’muriyatida AQSh hukumatining rasmiy siyosatida faqat ikkita jins – erkak va ayol tan olinadi. Bu juda murakkab tuyulmaydi, shunday emasmi?» – dedi Tramp TurningPoint’s AmericaFest 2024 tadbirida.
Bundan tashqari, Tramp «ayollar sportidan erkaklarni chiqarishni» ham va’da qildi.
Noyabr oyida Tramp prezidentlikka saylangan birinchi kunida trans-jinsdagi shaxslarning armiyada xizmat qilishiga taqiq qo‘yish haqidagi farmonni chiqarishini va’da qildi. Ushbu farmon nafaqat oddiy askarlarni, balki allaqachon harbiy lavozimlarda ishlayotganlarni ham qamrab oladi.
Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davomida trans-shaxslarning harbiy xizmatga qabul qilinishini taqiqlagan edi. Ammo allaqachon xizmatda bo‘lganlar va lavozimlarda ishlayotganlar o‘z lavozimlarini saqlab qolishlari mumkin edi. AQShda Jo Bayden hokimiyatga kelgach Trampning bu qarorini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Panama kanalini AQSh nazoratiga qaytarish bilan tahdid qilgan edi.