Atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi

eʼlon qilindi
Bu ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshiriladi
Foto: Pexels.com

Adliya vazirligida «Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma» davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mazkur yo‘riqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Xatlovning asosiy bosqichlari tayyorgarlik ko‘rish, o‘lchashlar va hisob-kitoblar olib borish, natijalarni rasmiylashtirish hamda kelishish va tasdiqlashdan iborat.

Manbalarni xatlovdan o‘tkazish, ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Xatlov natijalari obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, bir ish kun ichida Ekologiya vazirligining hududiy organiga taqdim etiladi va ular 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ko‘chmas mulk ijarasi va oldi-sotdisida yangi tartiblar joriy etilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek