Qo‘shma Shtatlar o‘z fuqarolarini Belarusni tark etishga chaqirdi

eʼlon qilindi
AQSh respublikada tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirda
Foto: NUR

AQSh Davlat departamenti amerikaliklarni Belarusni tark etishga chaqirdi. Xabar departament veb-saytida e’lon qilindi.

AQSh respublikada tartibsizliklar yuzaga kelishi mumkinligidan xavotirda.

Davlat departamenti mamlakatni tark etishning boshqa sabablari qatorida Belarus hukumati Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlayotganiga ishora qildi.

Departament, shuningdek, AQShning Minskdagi elchixonasi 2022-yil fevral oyidan boshlab amerikaliklarga yordam ko‘rsatishni to‘xtatganini eslatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-moliya yilida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQShdan deportatsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek