Oʻzbekistonda ayrim davlat raqam belgilari uchun toʻlovlar miqdori kamaytiriladi

eʼlon qilindi
Mototransport vositalari va tirkamalar uchun davlat raqam belgilari narxi BHMning 1,75 baravaridan 1,5 baravariga tushirildi
Foto: Kursiv Uzbekistan

Adliya vazirligi ayrim davlat raqam belgilari va roʻyxatga olish xizmatlariga oid toʻlovlar miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi buyruqni tasdiqladi.

Unga ko‘ra:

  • Mototransport vositalari va tirkamalar uchun davlat raqam belgilari narxi BHMning 1,75 baravaridan 1,5 baravariga tushirildi.
  • Yaroqsiz yoki yoʻqotilgan raqam belgilarini almashtirish uchun toʻlov miqdori ham BHMning 1,5 baravariga tenglashdi.
  • Elektromobillarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori BHMning 1,5 baravari qilib belgilandi.
  • Avtotransport vositalarini qayta roʻyxatdan oʻtkazish qiymati BHMning 10 foizini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, yaroqsiz yoki yoʻqotilgan guvohnoma dublikatlari uchun qator toʻlovlar bekor qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan aholi chiroyli avtoraqamlarga qancha pul sarflagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek