Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi

eʼlon qilindi
U 1941-yilning 4-yanvarida Farg‘ona viloyati Furqat tumanida tug‘ilgan
Foto: Madaniyat vazirligi

Oʻzbekiston xalq artisti, teatr va kino aktrisasi Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shafoat Rahmatullayeva 1941-yilning 4-yanvarida Fargʻona viloyatining Furqat tumanida tugʻilgan. Koʻp yillar davomida teatr sohasida faoliyat yuritib kelgan. Shu bilan birga, kinofilmlarda turli rollarni ham ijro etgan.

U faoliyati davomida «Masxaraboz», «Sevginator», «Sevginator-2», «Er bermoq – jon bermoq», «Chashma», «Maftun boʻldim», «Oʻzimdan oʻzimgacha», «Fidoyilar», «Poyga», «Sehrli qalpoqcha», «Sariq devni minib», «Hokim buva» kabi filmlarda suratga tushgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston xalq artisti Toʻlqin Tojiyev 88 yoshida vafot etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek