MDH davlatlari rahbarlari hamkorlikdagi ishlarning asosiy natijalarini sarhisob qiladi

eʼlon qilindi
Shavkat Mirziyoyev ham
Foto: Akipress.com

Shavkat Mirziyoyev 25-26-dekabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH va YEOII sammitlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida kuzatuvchi sifatida qatnashadi.

Sammitlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash va amalga oshirilgan ishlarning yakunlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva prezidentdan topshiriq olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek