O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 6,4 foizga qisqartirdi

eʼlon qilindi
Respublika Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
Foto: Iniizah / Unsplash

2024-yilning yanvar – noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga $2,6 milliardlik tekstil mahsulotlari sotdi, deya xabar berdi respublika Statistika agentligi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 6,4 foizga kamaydi.

Mamlakat, asosan, boshqa mamlakatlarga kalava ip yetkazib berdi – uning eksportidan kelgan daromad $1,1 milliardni tashkil etdi.

Bundan tashqari, davlat $1 milliardlik tayyor to‘qimachilik va va $271,4 millionlik trikotaj mahsulotlarini chet elga sotgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Britaniyaning FashionNet kompaniyasi O‘zbekistondagi to‘qimachilik ishchilariga o‘z mahsulotlarini ilgari surishda yordam berishga tayyorligi haqida yozgan edi.

Shuningdek