Tataristondagi yong‘inda besh nafar o‘zbek halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yong‘in taxminan bir soat ichida o‘chirildi

Foto: Rossiya prokraturasi

24-dekabr kechasi Tataristonning Yelabuga tumanidagi Malorechenskiy qishlog‘ida fermer xo‘jaligi ishchilari uchun mo‘ljallangan vaqtinchalik boshpanada yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in natijasida olti kishi halok bo‘ldi. Boshpana ichida 39 nafar ishchi bo‘lgan. 33 kishi o‘z vaqtida xavfsiz joyga chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bir kishi jarohat olib, tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Vayronalarni tozalash chog‘ida olti kishining jasadi topildi. Manbalarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning besh nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Dastlabki prognozlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlarining nosozligi sabab bo‘lishi mumkin.

Voqea joyiga Yelabuga tumanining prokurori Ayrat Nizoyev va uning o‘rinbosari Artur Knyazev yetib bordi. Prokuratura tomonidan protsessual tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov fermer xo‘jaliklaridagi vaqtincha yashash binolarini tekshirishni buyurdi. Bu qaror fojiali hodisaga javoban qabul qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiyada qoʻlga olingani haqida xabar qilgan edi.

Shuningdek