Prezident amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga keldi
eʼlon qilindi
U MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Sankt-Peterburgning «Pulkovo» aeroportida davlat rahbarini Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldilar.
Shavkat Mirziyoyev gubernator bilan Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti 25–26-dekabr kunlari Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq MDH davlatlari rahbarlari hamkorlikdagi ishlarning asosiy natijalarini sarhisob qilishi haqida yozgan edik.