Tramp Adliya vazirligiga o‘lim jazosini qat’iy qo‘llashni buyurishini ma’lum qildi
AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp Jo Baydenning 37 nafar federal mahbusning o‘lim jazosini umr bo‘yi qamoq jazosiga almashtirish qaroridan so‘ng o‘lim jazosini qaytarmoqchi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Baydenning amnistiya qaroridan so‘ng faqat uch nafar odam federal qamoqda o‘lim jazosi bilan yuzlashadi, ular ommaviy otishmalar va terrorchilik hujumlari uchun sudlangan.
Trampning o‘lim jazosi tarafdori bo‘lishi uning jinoyatga qarshi qat’iyatli siyosatining bir qismidir. U o‘z saylov kampaniyasida giyohvandlik moddalari savdosi va inson savdosi bilan kurashishda o‘lim jazosining kengroq qo‘llanilishini va’da qilgan edi. Baydenning qarorlari Trampning bu siyosatini o‘zgartira olmaydi, ammo prezidentlikka saylangan Tramp o‘lim jazosini qo‘llashni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.
«Men prezidentlikka tasdiqlanganimdan so‘ng, Adliya departamentiga o‘lim jazosini kuch bilan talab qilishni buyuraman. Bu amerikaliklar oilalarini va bolalarni zo‘ravon qotillar va yirtqichlardan himoya qilish uchun zarur. Biz yana qonun va tartibni saqlaydigan davlat bo‘lamiz», – deb yozdi Trump Truth Social’da.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh kriptosanoati Trampdan dastlabki farmonlarini kutayotgani haqida yozgan edik.