Chevrolet Cobalt Rossiyada eng arzon sedanga aylandi

eʼlon qilindi
Ushbu narx arzon Lada Vesta'dan ham arzonroq

Foto: Chevrolet

Chevrolet Cobalt Rossiyada eng arzon sedanga aylandi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yangi Chevrolet Cobalt Rossiya bozorida 1,5 mln rubldan (taxminan 193,6 mln so‘m) sotilmoqda. Bu narx uni eng arzon Lada Vesta’dan ham arzon qiladi. Chevrolet Cobalt narxi sentabr oyidan beri o‘zgarmagan. Yangi ko‘rinish ushbu modelning narxiga ta’sir qilmadi.

Xabarovskda avtomat uzatmalar qutisiga ega Chevrolet Cobalt 1,5 million rubldan sotilmoqda. Model 1,5 litrli 106 ot kuchiga ega dvigatelga ega. Standart jihozlarga ikkita xavfsizlik yostiqchasi, audio radio va konditsioner kiradi. Avtomobillar ERA-GLONASS tizimi bilan jihozlangan.

Orenburgda avtomat versiyasi 1,7 mln rublga taklif qilinmoqda. Mexanik uzatmali modellarning narxi 1,6 mln rubldan boshlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan kontraktatsiya jarayonida qancha Cobalt uchun shartnoma tuzilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek