Oqtou shahri yaqinida samolyot halokatga uchradi
Bokudan Grozniyga uchgan Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining samolyoti Qozogʻistonda halokatga uchradi. Ozarbayjon matbuotining yozishicha, fojianing dastlabki sababi samolyotning qushlar bilan to‘qnashuvi.
Samolyot bortida 62 yo‘lovchi va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan. 6 kishi tirik qolgani haqida xabar berilgan. Voqea joyida shifokorlar va psixologlar ishlamoqda.
Aviahalokat joyidan 12 kishi (ulardan biri bola) turli darajadagi tan jarohatlari bilan Aqtau shahridagi Mang‘istau viloyat kasalxonasiga yetkazilgan.
Hodisa joyiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar shaxsiy tarkibi va 11 birlik texnikasi yetib kelgan.
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarining yozishicha, samolyot tuman sabab Grozniyga qo‘nishga ruxsat ololmagan. U Maxachqal’aga, keyin esa Oqtouga uchib ketdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Daniya Maersk Air Cargo yuk tashuvchi samolyoti Samarqandga rejadan tashqari qo‘ngani haqida xabar bergandi.